Муносабат
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on tumani Nayman mahallasida joylashgan Nayman qishlog‘i aholisi yo‘llar yomonligi va harakatlanishda qiynalayotganliklari haqida video murojaat tarqaldi.
Murojaat yuzasidan qo‘yidagilarni ma’lum qilamiz: Nayman qishlog‘i aholisi ichimlik suvi ta’minotida muammolarga duch kelayotgan edi. Ushbu masalani hal etish maqsadida tegishli davlat dasturi doirasida 1,3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Ajratilgan mablag‘ evaziga bir dona suv inshoati qurilib, 7 km uzunlikdagi suv tarmog‘i tortilib, 200 dan ortiq xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Mazkur murojaat tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi, noqulaylik tez fursatda bartaraf etiladi.