insurez
12-06-2025 12:00

Mundiyon mahallasida pensiya ta’minoti bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi


Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi murojaatlarini joylarda o‘rganish va yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Jumladan, Mundiyon mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman hokimi o‘rinbosari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, ijtimoiy xodimlar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida nogironlik pensiyalarini tayinlashda murojaatchilarga yengillik yaratish maqsadida "proaktiv" tartibda — ya’ni alohida ariza berilmasdan avtomatik tarzda tayinlash amaliyoti haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar, qayta hisob-kitob va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha fuqarolarning savollariga javoblar berildi hamda aniq tavsiyalar berildi.

Teglar
- -