insurez
27-12-2024 08:32

MAHALLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH KENGASHINING NAVBATDAGI HISOBOT YIGʻILISHI BO‘LIB O‘TDI


Mahallaning xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchli «ko‘prik» sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, uni mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylantirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi katta majlislar zalida Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash Kengashining navbatdagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman sektorlari rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va bo‘limlar rahbarlari hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida 2024 yilda Mahallalar uyushmasi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va 2025 yil uchun asosiy vazifalar belgilab olindi.

Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov o‘z nutqida mahalla tizimining jamiyatdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib, mahalla yettiligining samarali faoliyatini tashkil etish, aholining muammolarini hal etish, bandlikni ta’minlash, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda mahallani migratsiyadan holi hududga aylantirish kabi muhim vazifalarga urg‘u berdi. Shuningdek, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda mahalla raislari va yettilik a’zolarining tashabbuskor, fidoyi va vatanparvar bo‘lishi, barcha islohotlarning quyi bo‘g‘inda ijrosini ta’minlashda ularning mas’uliyati katta ekanligi qayd etildi. Shu maqsadda ularga yaratilgan sharoitlar va kengaytirilgan vakolatlar xususida ma’lumot berildi.

Muzokaralarda so‘zga chiqqanlar mahalla tizimiga ko‘rsatilayotgan e’tibor, uni yanada qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish uchun har bir mahalla raisining mas’uliyati oshib borayotganligini qayd etib, o‘z faoliyatlarida yanada faol bo‘lishlarini taklif qildi.

Yig‘ilish yakunida 2025 yil uchun belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi va hamkorlikda ish olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Teglar
- -