M-37 magistral yo‘li bo‘ylab obodonlashtirish holati o‘rganildi
Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi M-37 magistral yo‘li atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan o‘rganildi.
Ushbu o‘rganish jarayoniga viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev va tuman hokimi Jamshid Nasriddinov boshchiligidagi mutasaddilar jalb etildi. Ular tomonidan yo‘l atrofidagi infratuzilma, sanitariya holati, ko‘kalamzorlashtirish va mavjud ob’yektlarning holati atroflicha tahlil qilindi.
Tashrifdan asosiy maqsad — magistral yo‘lning ko‘rkam va zamonaviy qiyofasini shakllantirish, mehmonlar va mahalliy aholi uchun qulay muhit yaratish, shu bilan birga, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirishdir. Bu esa tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.