Kattaqo‘rg‘onning faxri: Jahon chempioni Firdavs Niyatullayev munosib kutib olindi
Kattaqo‘rg‘on tumanida kurash bo‘yicha jahon chempioni Firdavs Niyatullayev tantanali ravishda kutib olindi. Kattaqo‘rg‘onliklar chempionni samimiy qutlovlar va olqishlar bilan qarshi olib, uning muvaffaqiyatini baham ko‘rdi.
Firdavs Niyatullayev Mongoliya poytaxti Ulan-Batorda bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning bu yutug‘i nafaqat Kattaqo‘rg‘on, balki butun O‘zbekiston sport jamoatchiligiga yangi ilhom bag‘ishlab, mamlakatimiz nomini jahon miqyosida ulug‘ladi.
Chempionning jasorati, mehnati va matonati yosh avlodga namuna bo‘lib, ularga yuksak orzular sari intilish kuchini bermoqda. Firdavs Niyatullayevning muvaffaqiyati O‘zbekistonning sport sohasidagi yutuqlarini yanada boyitib, xalqaro maydonda yurtimizning nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Firdavs Niyatullayev Qirg‘iz mahallasida tug‘ilib o‘sgan bo‘lib, uning bu yutug‘i mahalliy jamoa uchun ham katta faxrdir. Uning kelgusidagi faoliyatida yanada yuqori natijalarga erishishiga ishonamiz.