Kattaqo‘rg‘onda xalqaro bandlik: Slovakiyadan Koreyagacha – ish o‘rinlari taklif etildi
Kattaqo‘rg‘onda xalqaro bandlik: Slovakiyadan Koreyagacha – ish o‘rinlari taklif etildi
Kattaqo‘rg‘on tuman madaniyat bo‘limi konsert zalida NAIMIX xalqaro bandlik agentligi tomonidan fuqarolar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlar tashkil etildi.
Unda 150 nafardan ortiq fuqaro qatnashib, ularga qonuniy asosda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Suhbatlar davomida Slovakiya – fura haydovchilari, Litva – stoler, fura, avtobus va tralebus haydovchilari, cleaning service, mebel obivkachi, Xorvatiya – qurilish ishlari, Serbiya – armaturachi, Chernogoriya – xousekeyeper, Rossiya – umumiy ishchilar, Polsha – logistika, parranda va mebel fabrikalari, avtobus haydovchisi, baliq zavodi, go‘sht bo‘laklovchi, Koreya – elektrik, opalavkachi, Daniya – ferma ishlari, Gollandiya – payvandchi va ishlab chiqarish, Turkiya – hosil terimi va keramika yo‘nalishlari bo‘yicha vakansiyalar taqdim etildi.
Tadbir doirasida fuqarolarga vizalar, mehnat shartnomalari, yashash va ishlash muhiti, mehnat huquqlari haqida tushunchalar berildi.