insurez
06-06-2025 12:10

Kattaqo‘rg‘onda Qurbon hayiti munosib tarzda nishonlandi


Bugun muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 31 ta jome masjidda hayit namozi o‘qildi. Erta tongdan masjidlar ko‘p sonli mo‘min-musulmonlar bilan gavjum bo‘ldi.

Xususan, “Qalandarxona” jome masjidida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov ham qatnashib, barcha tumandoshlar, shuningdek, haj ziyoratida bo‘lib turgan va xorijdagi yurtdoshlarni ulug‘ Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, hayit namozi ado etildi. Duolarda yurtimizda tinchlik, xalqimizda totuvlik va farovonlik bo‘lishi tilab, ezgu niyatlar qilindi.

Teglar
- -