KATTAQO‘RGʻONDA KOMBAYNLAR GʻALLA O‘RISH MAVSUMIGA SHAY
Kattaqo‘rg‘on tumanida g‘alla o‘rish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari jadal tus olgan. Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov hamda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mas’ullari ishtirokida mavsumda faoliyat yuritadigan g‘alla o‘rish kombaynlarining texnik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida 30 ta kombaynning o‘z vaqtida va sifatli ta’mirlanganligi, yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasi shakllantirilgani hamda ko‘chma servis xizmatlari jamoalarining kasbiy va texnik tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mutasaddilarga g‘alla hosilini o‘z vaqtida, nesnobud qilmasdan va sifatli holda yig‘ib olish, mavsumni tashkiliy va tizimli tarzda tashkil etish bo‘yicha aniq vazifa va tavsiyalar berildi.