insurez
09-04-2025 15:07

Kattaqo‘rg‘onda Hindiston delegatsiyasi ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida Hindistonning “Bengal biznes Kengashi” delegatsiyasi a’zolari hamda kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar ishtirokida yirik biznes forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi va Hindistonning “Bengal biznes Kengashi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida rasmiy memorandum imzolandi.

Forum doirasida shahar va tumanning investision jozibadorligini oshirish, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash, xorijiy investisiyalarni keng jalb etishga qaratilgan B2B (biznesdan biznesga) va G2B (davlatdan biznesga) muloqotlar tashkil etildi.

Muzokaralar natijasida ta’lim, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, kimyo sanoati va qurilish sohalarida jami 11 ta hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu kelishuvlar kelgusida Kattaqo‘rg‘onda yangi loyihalarni amalga oshirish va xorijiy investisiya oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -