insurez
30-07-2024 09:14

Kattaqo‘rg‘onda "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi


 Tanlovning maqsadi mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni takomillashtirish, yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalaridan foydalanish va ularni yoshlar bilan ishlashga jalb etishdan iborat edi.

Tanlovda mahallalarimizda faoliyat olib borayotgan, yoshlar bilan ishlashda muvaffaqiyatlarga erishgan nuroniylar ishtirok etdilar.

 Tanlov uchta shartdan iborat bo‘lib, har bir shart bo‘yicha ishtirokchilarning faoliyati komissiya a’zolari tomonidan baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mundiyon mahalla fuqarolar yig‘inidan Tuval bobo Imomov 1-o‘rinni, Bog‘ot mahalla fuqarolar yig‘inidan Raimberdi Darveshov 2-o‘rinni, va Kattako‘rpa mahalla fuqarolar yig‘inidan Abdirauf Boboqulov 3-o‘rinni egalladi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi va keng jamoatchilik tanlov g‘oliblarini samimiy muborakbod etib, 1-o‘rin sohibi Tuval bobo Imomovga tanlovning viloyat bosqichida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Teglar
- -