insurez
30-07-2025 10:45

Kattaqo‘rg‘onda 7 ta mahallada sug‘orish imkoniyatlari kengaymoqda


Kattaqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ–330-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholi tomorqalarida sug‘orish sharoitini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Yovi mahallasini sug‘orish imkoniyati yaxshilash maqsadida 1,67 km beton kanal qurildi, 1 dona nasos agregati va 2 dona sug‘orish qudug‘i o‘rnatildi. Qo‘shhovuz mahallasda 2 dona sug‘orish qudug‘i qazilib, 4,2 km bosimli polietilen quvur tortilib, foydalanishga topshirildi. Yangiobod mahallasda 2,7 km beton kanal barpo etilib, 1 dona nasos agregati o‘rnatildi. Kumushkent mahallasda 0,95 km beton kanal qurilib, 1 dona nasos agregati o‘rnatildi. Bunyodkor mahallasda 2,8 km lotok tarmog‘i tortilib, 2 dona nasos agregati ishga tushirildi. 

Shuningdek, Vayrot mahallasda 1,05 km lotok tortilib, 1 dona nasos agregati o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Javlon mahallasda esa 2,7 km kanal betonlashtiriladi.

Bu kabi amaliy ishlar "Kambag‘allikdan farovonlik sari" yo‘nalishidagi islohotlarning tuman miqyosidagi ifodasi bo‘lib, aholining turmush tarzida barqaror o‘zgarishlarni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -