insurez
21-02-2025 08:25

Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalasi muhokama qilindi


Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, uning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman sektor rahbarlari, tegishli idora va tashkilotlar vakillari, mahalla raislari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka olib kelayotgan asosiy omillar va ularni bartaraf etish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish, sport va madaniy sohalarga jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov yoshlarni turli salbiy illatlardan asrashda mahalla raislari va yoshlar yetakchilarining mas’uliyati katta ekanini ta’kidlab, har bir yoshning muammosini tinglash va ularga yordam qo‘lini cho‘zish muhimligini alohida qayd etdi.

Yig‘ilish yakunida jinoyatchilikning oldini olishda samarali chora-tadbirlarni kuchaytirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Teglar
- -