insurez
20-05-2025 15:57

Kattaqo‘rg‘on tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda


Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va aholi bandligini ta’minlash sohalarida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Barcha yo‘nalishlarda amaliy natijalarga erishish maqsadida tumanda aniq vazifalar belgilab olingan bo‘lib, ular bosqichma-bosqich ijro etilmoqda.

Sanoat salohiyati kengaymoqda

2025 yilda tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,0 trln. so‘mga yetkazish va o‘sish sur’atini 108,5 foizga oshirish belgilangan. Joriy yilning birinchi choragida belgilangan 428,6 mlrd. so‘mlik rejaga nisbatan 476,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, reja 111,2 foizga bajarildi.

Tumanda 6 ta yirik sanoat korxonasi har oyda, 31 ta kichik korxona esa har chorakda statistik hisobotlarni taqdim etmoqda. Sanoat faoliyati hali qamrab olmagan 8 ta mahallada kichik ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan 10 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 5 ta mahallada umumiy qiymati 900 mln. so‘mlik 5 ta loyiha ishga tushirilib, 12 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

Drayver loyihalar va amaliy tajribalar

Mundiyon va Kumushkent mahallalarida “Drayver” loyihalari asosida 2 ta sanoat loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Xususan, Mundiyon mahallasida “Boyraz Tekstil” xorijiy korxonasi tomonidan to‘qimachilik fabrikasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Korxonada ta’mirlash va jihozlash ishlari yakunlanib, ishlab chiqarish boshlangan.

Shuningdek, “Gʻijduvon tajribasi” asosida 7 ta mahallada 79 ish o‘rniga ega bo‘lgan 7 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 4 ta loyiha (1,8 mlrd. so‘m) ishga tushirilib, 19 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Investisiyalar va yirik loyihalar

Tumandagi hududiy investisiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 962,8 mlrd. so‘m bo‘lgan 9 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Hozirda barcha loyihalarning tarmoq jadvali tasdiqlanib, amaliy ishlar boshlangan.

Xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanmoqda

2025 yilda xizmat ko‘rsatish sohasidagi umumiy hajm 1 502,8 mlrd. so‘mga, o‘sish sur’ati esa 115,3 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. I-chorakda rejadagi 285,5 mlrd. so‘m o‘rniga 340,9 mlrd. so‘mlik xizmat ko‘rsatish amalga oshirilib, belgilangan ko‘rsatkichdan ancha oshildi.

Yil yakuniga qadar 260 ta yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etish belgilangan bo‘lib, I-chorakda 72 ta shoxobcha faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, M-37 yo‘lining 75–76 km qismidagi 2 gektar yer maydoni 50 ta lotga bo‘linib, auksion orqali tadbirkorlikka jalb etiladi.

A.Navoiy ko‘chasi bo‘ylab 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi shoxobchalarni tashkil etish maqsadida tuman kadastr palatasi tomonidan ob’yektlar xatlovdan o‘tkazilmoqda. Hokim yordamchilari esa mahalladagi tadbirkorlar bilan hamkorlikda mavjud faoliyatni kengaytirish choralarini ko‘rmoqda.

Bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish

Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Joriy yil uchun 23 609 nafar aholi bandligini ta’minlash, 2 760 ta mikroloyiha tashkil etish, 5,5 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish va 2 703 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.

I-chorakda:

4 956 nafar fuqaro bandligi ta’minlandi;

702 ta mikroloyiha ishga tushirildi;

1 400 dan ziyod ish o‘rni yaratildi;

917 nafar a’zo qamrab olingan 200 ta oila kambag‘allikdan chiqarildi.
Shu bilan birga, yangiish.mehnat.uz platformasiga 4 956 ta ish o‘rni joylashtirilib, yanvar–mart oylari mobaynida 6 573 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, reja 132 foizga bajarildi.

Teglar
- -