insurez
19-02-2025 13:38

Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining VI chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Jamshid Nasriddinov rahbarligida VII chaqiriq oltinchi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Sessiya davomida 2024-2025 yillarga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
Tuman mahalliy byudjetini tasdiqlash va o‘zgartirishlar kiritish

2024-yilgi mahalliy byudjet to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirishlar kiritish.
2025-yilgi mahalliy byudjet va soliq stavkalari bo‘yicha qaror qabul qilish.

Byudjetning erkin qoldiq manbalaridan foydalanish tartibini belgilash.

Tuman Kengashining tashkiliy masalalari

Tuman Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish.
Kengash va deputat so‘rovlarini yuborish tartibini tasdiqlash.
Davlat organlari va tashkilotlar mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish tartibini belgilash.

Qonunlarni muhokama qilish va Kengash qarorlarini ishlab chiqish tartibini tasdiqlash.
Deputatlarning saylovchilar oldida axborot berish tartibini belgilovchi nizomni qabul qilish.

Fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga 2024-yil davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili.

Sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar natijalari muhokamasi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish

2024-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tuman prokurori Sh. Xolmurzayev axborot berdi.
Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Ochilov jinoyatchilik holati va profilaktika choralari haqida hisobot taqdim etdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash yuzasidan 2025-yildagi maqsadli ko‘rsatkichlar haqida eshitildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida 2025-yil byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan Sh. Sultonov axborot berdi.

Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Teglar
- -