Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida siyosiy-ma’rifiy soat o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat bo‘lib o‘tdi. Unda hokimlik apparati mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Ijro.gov.uz” elektron tizimini takomillashtirish va Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmlari mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, tuman hokimligi ijro nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi Alijon Mamasoliyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 iyuldagi PF–117-sonli “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mazkur Farmon ijro intizomini mustahkamlash, davlat hujjatlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.