insurez
19-04-2025 09:10

Kattaqo‘rg‘on tadbirkorlari “Canton Fair 2025” xalqaro ko‘rgazmasida: yangi imkoniyatlar sari


Hozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasining Guangjou shahrida o‘tkazilayotgan “Canton Fair 2025” xalqaro sanoat va savdo ko‘rgazmasi butun dunyodan kelgan ishbilarmonlar uchun innovasion yechimlar va yangi hamkorliklarga yo‘l ochib bermoqda. Ushbu muhim tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani tadbirkorlari ham faol ishtirok etishmoqda. Ular tomonidan eksport, sanoat kooperatsiyasi, texnologik jihozlar xaridi bo‘yicha qator kelishuvlar imzolandi.

Tadbirkorlarimizning mazkur safarlariga Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida faoliyat yuritgan va ayni paytda Xitoyning nufuzli Henan universitetida tahsil olayotgan Gʻiyos Majidov hamrohlik qilmoqda. Uning tarjimonlik va ko‘mak xizmatlari natijasida muzokaralar samarali o‘tmoqda. Bu esa mahalliy biznes va xalqaro hamkorlik o‘rtasidagi bog‘lanishni yanada mustahkamlamoqda.

Ma’lumki, “Canton Fair” xalqaro miqyosdagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri bo‘lib, bu yil ham u minglab innovasion mahsulotlar, investisiya takliflari va yangi bozorlar eshigini ochmoqda. Kattaqo‘rg‘on tadbirkorlari uchun ushbu maydon — o‘z mahsulotlarini jahon savdo zanjiriga olib chiqish, yangi texnologiyalar bilan tanishish hamda samarali biznes loyihalarni amalga oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Teglar
- -