insurez
21-04-2025 14:44

Kattaqo‘rg‘on garnizoniga kelgan yoshlar vatanni ko‘z qorachig‘idek asrashni niyat qilib Vatanga qasamyod qabul qilishdi.


Kattaqo‘rg‘on garnizoniga kelgan yoshlar vatanni ko‘z qorachig‘idek asrashni niyat qilib Vatanga qasamyod qabul qilishdi.

Tantanali tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi - senator Gavhar Alimova, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, keng jamoatchilik vakillari hamda askarlarning yaqinlari ishtirok etishdi.

Tadbirda yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilar vatan sarhadlarini, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini so‘nggi nafasi qolguncha himoya qilishga ont ichib «Vatanga qasamyod» qabul qilishdi.

Bayramona tadbirda so‘zga chiqqanlar askarlarni unutilmas kun munosabati bilan tabriklab, yurtimiz sarhadlarini himoya qilish uchun mard va jasur yigitlar tarbiyalagan askarlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.

Tabirning badiiy qismida harbiy orkestri jamoasining kuy-qo‘shiqlari, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari, qo‘l jangi ustalarining jangovar chiqishlari, teatr ijodkorlarining sahna ko‘rinishlari bayramona ruh bag‘ishladi.

Teglar
- -