insurez
25-07-2025 08:06

Jumaboyda rais boshchilik nuroniylar xayrli ishga bel bog‘ladi


Kattaqo‘rg‘on tumani Jumaboy mahallasidan bo‘lgan kam ta’minlangan 2 nafar fuqaro — G. Badalova va S. Shodmonovga "Inson ijtimoiy xizmatlar markazi" tomonidan har bir oilaga 10 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, mazkur oilalarning turar joy sharoitini yaxshilash maqsadida homiylar ko‘magida uylarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, S. Shodmonovning xonadonida ayvon qurilib, shifer qilinmoqda, G. Badalovaning uyiga esa pol va patolok o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi amaliy yordamlar aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -