Jumaboy mahallasi: yangi qiyofa, yangi ruh, yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 oktyabrdagi “Alohida tuman(shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Jumaboy, Qo‘shtepa va Qoqsoy mahallalari “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” sifatida belgilandi. Bu qaror mahallalarda yashovchi aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov mas’ul rahbarlar hamrohligida Jumaboy mahallasida amalga oshiriladigan obodonlashtirish va infratuzilmani yangilash, tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.
Tuman rahbari har bir ishni aniq hisob-kitob asosida “Master reja”ga muvofiq amalga oshirish, aholining farovonligini ta’minlash hamda mahallani shaharchaga aylantirib, haqiqiy namuna sifatida namoyon etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.




