Intizom va mas’uliyat: tahliliy yig‘ilish natijalari
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida tuman rahbarlari boshchiligida tashkilot va korxona rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirokida tahliliy-tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli Prezident qarori ijrosi muhokama qilindi. Qarorda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifalari belgilab berilgan.
Muhokamalar davomida ayrim rahbarlarning bee’tiborligi va kam samarali ishlari tanqid ostiga olindi. Yig‘ilish yakunida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan bir qator mutasaddilarga intizomiy choralar ko‘rildi.