🌱 Ilm, tajriba va amaliyot uyg‘unligi — dalada!
Samarqand viloyatida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar doirasida Respublika ishchi guruhi a’zolari, viloyat va tuman mutasaddilari, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan ilg‘or fermerlar ishtirokida muhim amaliy jarayonlar tashkil etilmoqda.
Seminar qatnashchilari Mardi Sultonov nomidagi muqobil MTP hududida joylashgan “Qiyomov Nosir” fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, urug‘lik g‘o‘za maydonida amalga oshirilayotgan dala aprobatsiya ko‘rigi jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
📌 Bu yerda urug‘lik don yetishtirishdagi agrotexnik chora-tadbirlar, zamonaviy yondashuvlar va mexanizatsiyalashgan jarayonlar namoyon etildi. Respublika darajasidagi mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
📷 Seminarning ushbu bosqichi sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tajriba almashish hamda yetishtirilayotgan urug‘lik mahsulotining sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.