Ilg‘or texnologiya – yuqori hosil garovi
📍 Kattaqo‘rg‘on tumanida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xususan, paxtachilikda zamonaviy va samarali usullarni joriy etish maqsadida navbatdagi seminar tashkil etildi.
👨🌾 Kattaming mahallasi hududidagi "Petrol agrobiznes NOM" fermer xo‘jaligi dalasida o‘tkazilgan seminarda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov rahbarligida qishloq xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar, fermer xo‘jaliklari raislari va mutaxassislar ishtirok etdi.
✅ Tadbirda Shinjon usulida plyonka ostida ertaki paxta yetishtirish, tomchilatib sug‘orish hamda ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha tajriba almashildi.
🌱 Seminar ishtirokchilari hosildorlikni oshirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va yer unumdorligini saqlab qolishda yangi yondashuvlarning ahamiyati haqida fikr almashdilar.
🔍 Bunday amaliy tadbirlar orqali tumandagi fermerlar zamonaviy agrotexnologiyalarga yanada yaqinlashib, hosildorlikni keskin oshirishga intilmoqda.