insurez
31-05-2025 17:37

Hokim Qoqsoy mahallasida yoshlar va aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi


Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov tomonidan Qoqsoy mahallasida joylashgan 63-umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir Moybuloq, Andoq, Qo‘shquton, Sebiston, Yonboshsoy, Burgansoy, Jizmonsoy va Qoqsoy mahallalarida istiqomat qiluvchi faol yoshlarni qamrab oldi.

Uchrashuvda 50 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ularni qiziqtirgan masalalar, fikr va takliflarini bildirdilar. Muloqot davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar ijobiy baholanib, ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, uchrashuvda mahalladagi fuqarolar ham ishtirok etishdi. Ular tomonidan bildirilgan muammolar o‘rganilib, jumladan, Moybuloq va Qoqsoy mahallalarida piyodalar yo‘laklarini barpo etish uchun har biriga 10 tonnadan syement ajratilishi belgilandi.

Teglar
- -