insurez
13-06-2025 11:58

Gulmira Jumayevaga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni topshirildi


5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan ekologik sohaga qo‘shgan munosib hissasi uchun “ANVARJON BIZNES INVEST” MCHJ rahbari Jumayeva Gulmira Tadjiyevna “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bugun tuman faollari ishtirokida ushbu nufuzli mukofot tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida Gulmira Tadjiyevnaning atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va jamoatchilikni bu yo‘nalishda faol jalb etish borasidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Teglar
- -