Gʻalla rejasi bajarildi — zafar muborak, Kattaqo‘rg‘onlik dehqonlar!
Joriy mavsumda ham Kattaqo‘rg‘on tumanida g‘alladan yuqori hosildorlik qayd etildi. Bu yil 223 nafar fermer xo‘jaligi tomonidan 8926 gektar yer maydoniga don mahsuloti ekilib, umumiy hisobda 26,8 ming tonnadan ortiq hosil yig‘ish rejalashtirildi.
Mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos keluvchi yuqori hosilli g‘alla navlari ekilib, g‘alla yig‘im-terimida 31 ta otryad, 31 ta kombayn va 62 nafar operator faol ishtirok etdi.
Ilg‘or fermer xo‘jaliklari — “Oybek”, “Ruzimurod Mavlonov”, “Rashidov Sh.R.”, “Organik Pradukt Jonkel”, “Shoxjaxon Shoxazim”, "Juma Hayitov", "Sarvar Nozim" "Sarvinoz", "Zalvor ota", “Xumo-R” va "Robiya Muhammadiyeva" fermer xo‘jaliklari ham g‘alla yig‘imida munosib ishtirok etib, davlat rejasini ortig‘i bilan bajarishga ulgurdilar.
Davlat shartnomaviy rejasining bajarilishida munosib hissa qo‘shgan har bir fermer xo‘jaligi, kombaynchi va mexanizator — bugungi kun qahramoni!
Xirmoningiz yanada yuksalsin, aziz Kattaqo‘rg‘onlik g‘allakorlar!
Zafaringiz muborak bo‘lsin!