Fuqarolar qabuli: rahbarlar xalq bilan (https://t.me/SirdaryoUz/28960)yuzma-yuz
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman prokurori Mirzaxon Nozimov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Murodali Otamurodov hamda mas’ul tuman rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan qator dolzarb masalalar, jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi, moddiy va tibbiy yordam, oilaviy muammolar hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaat va takliflar tinglandi.
Bunday ochiq muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining muammo va takliflarini joyida eshitish, ularni amalda hal etish hamda fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iboratdir.




