insurez
06-08-2025 17:05

“Avatar” uzumlari Kattaqo‘rg‘on bog‘larida – yangi nav, yuqori daromad!


Qishloq xo‘jaligida yangilik va ilg‘or tajribalarni joriy etish hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Nazokat Oltin Dalasi” fermer xo‘jaligida ham ana shunday tashabbus amalga oshirilib, bugun o‘z samarasini bermoqda.

Bir yil avval, 2024 yil yoz mavsumida, xo‘jalik raisi Elyor Mavlonov rahbarligida Mundiyon mahallasida 2 gektar maydonga 3 500 tup “Avatar” navli uzum ko‘chatlari ekilgan edi.

Qiziqarlisi shundaki, ushbu nav qisqa muddatda o‘sib-rivojlanib, bugungi kunda ilk hosilini beryapti.

“Avatar” uzumi tashqi ko‘rinishi, ta’mi va saqlanish xususiyati bilan farq qiladi. Mazkur tajriba nafaqat xo‘jalik daromadini oshiradi, balki boshqa fermerlar uchun ham namuna bo‘ladi.

Teglar
- -