insurez
10-02-2025 09:37

“Afrosiyob” poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tishni boshladi


2025 yil 10 fevral kunidan 768/767-sonli “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” elektropoyezdi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishni boshladi.

Bu bo‘yicha vazifa davlatimiz rahbarining 2024 yil 29 noyabrdagi “Samarqand viloyatida investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand viloyatining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”da belgilab qo‘yilgan.  

Kattaqo‘rg‘on bekatida ilk yo‘lovchilar tantanali ravishda kutib olindi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, "Bulung‘ur—Samarqand shahri—Juma—Kattaqo‘rg‘on shahri" yo‘nalishida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Teglar
- -