10-01-2026 09:32
PAXTA HAMDA SABZAVOT, POLIZ VA BOSHQA EKINLAR YETISHTIRUVCHI QISHLOQ XO‘JALIGI SUBYEKTLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug‘” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 166-sonli qaroriga muvofiq “E-urug‘” axborot tizimida elektron tanlov o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur qarorga asosan 2026-yil paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlaridan sifatli urug‘liklarni yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subyektlarini tanlab olish maqsadida joriy yil 15-yanvardan 5-fevralga qadar “E-urug‘” axborot tizimi orqali tanlov o‘tkazish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.
Tanlovda qatnashish shartlari bo‘yicha tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi yoki “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM viloyat boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
94-535-90-47; 91-558-71-92; 93-334-99-07

