YANGI YONBOSHSOY – OCHMOQDA CHIROY
14.07.2023 - 11:56Oqtog‘ tizmasining go‘zal qir-adirlari yon bag‘rida joylashgan so‘lim qishloqning o‘rtasidan ko‘plab buloqlardan hosil bo‘lgan Yonboshsoy oqib o‘tadi. Qishloq aholisi shu buloqlardan suv ichadi, ekin-tikinlarini sug‘oradi. Qishloq soyning ikki yonboshida joylashganligi bois Yonboshsoy nomini olgan bo‘lsa ajabmas.