1-5 noyabr kunlari O‘zbekistonda sinov tariqasida aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi
05.11.2021 - 10:29Davlat statistika qo‘mitasi taklifi bilan O‘zbekiston aholisini keng ko‘lamli ro‘yxatga olish tadbirlari oldidan Internet tarmog‘i orqali aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Qo‘mita matbuot kotibi asosiy tadbir oldidan sinov va tayyorgarliklar BMT tavsiyalariga asoslanganini ma’lum qildi.