Mardonovlar oilasi "Ibratli oila" ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Samarqand shahridagi Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovida tuman-shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan oilalar qatnashdi.

15- may Xalqaro oila kuni, qolaversa oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.Unga ko‘ra:

1-o‘rin–M.Ibragimovlar oilasi (Samarqand shahri), bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mukofoti, 1-darajali diplom,  

2-o‘rin– U.Mardonovlar oilasi (Kattaqo‘rg‘on tumani) BHMning 10 baravari miqdorida pul mukofoti, 2-darajali diplom,  

3-o‘rin– Sh.Samadovlar oilasi (Payariq tumani) BHMning 7 baravari miqdorida pul mukofoti, 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Qolaversa, o‘ndan ortiq nonimatsiya g‘oliblariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tanlovning turli bosqichlarida viloyatimizdagi namunali, ibratli 6 205 oila qatnashdi. 
 

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM