“Tashabbusli budjet”: Ovoz berish jarayoni boshlandi

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

 Joriy yilning 6-26-fevral kunlari “Ochiq budjet” axborot portaliga Kattaqo‘rg‘on tumani fuqarolaridan 176 ta taklifi kelib tushdi.
 Qonunchilikka ko‘ra, ilgari surilgan tashabbuslar tuman ishchi guruhi va tegishli tashkilot mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi. Me’zonga to‘g‘ri kelgan qiymati 136 ta loyiha saralab olindi va ovoz berish uchun hal qiluvchi 3-bosqichga o‘tkazildi.
Ovoz berish jarayoni 18-martdan 7-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda fuqarolar o‘z takliflari g‘olib chiqishi uchun yaqinlari, qarindosh va mahalladoshlari bilan birga ovoz berishlari mumkin. Ovoz berish https://openbudget.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

O‘z taklifingizni qo‘llab-quvvatlab, jarayonda faol ishtirok eting.
 

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM