EHTIYOJMAND OILALAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Kattaqo‘rg‘on tumanida ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy ahvoli doimiy o‘rganilib, ushbu oilalarning turmush sharoitini yaxshilash ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tumanda o‘tgan 2022-yil davomida 1 823 ta oila “Temir daftar”ga kiritildi.

"Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi qoshida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil qilingan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasiga yil boshidan buyon 4 mlrd. 140 mln. so‘m mablag‘ kelib tushgan bo‘lib, shundan - 826 mln. so‘mi MIB, 100 mln. so‘m homiylik va 3 mlrd. 048 mln. so‘m mahalliy byudjet hisobidan ajratildi. 

Kambag‘al deb e’tirof etilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda ishsiz qolgan fuqarolarni ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida “Temir daftar”da turgan 1 823 nafar oiladan 1 734 nafar oila bugungi kunga qadar doimiy daromad manbayiga ega bo‘ldi. 

Jumladan, "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan 18 nafar oilaga nogironlik aravachalari uchun 21,0 mln.so‘m, 1 130 nafar oila a’zolarining bandligini ta’minlashga asbob-uskunalar xaridi uchun 1 mlrd. 580 mln. 520 ming so‘m, 541 nafar oilaga ish bilan ta’minlash maqsadida parranda, qo‘y, quyon, asalari, inkubator, issiqxonalarda shug‘ullanishlari uchun 1 mlrd. 200 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hamda 45 nafar ehtiyojmand oilaga quyosh batareyalari 120 mln. so‘mga o‘rnatib berildi. 83 nafar oilaga moddiy yordam uchun 168,3 mln.so‘m, 124 nafar oilaga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun 1 mlrd. 88,4 mln. so‘m, 275 nafar oilaga esa oziq-ovqat mahsulotlari xaridi uchun 151,5 mln. so‘m berildi.

Bugungi kunga qadar tuman bo‘yicha kambag‘allikdan chiqarilishi ko‘zda tutilgan muhtoj oilalar 96,2 foizga kamaytirilib, qolgan 68 ta oila tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand, surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi bo‘lgan, daromad manbayiga ega bo‘lmagan oilalarni tashkil qilmoqda.

 

Tumandagi 286 mingdan ortiq aholidan 51% (144 ming)ni xotin-qizlar tashkil qiladi. Ulardan 2 911 nafari ishsiz deb e’tirof etilib, 2022-yilda tumanda ishsiz xotin-qizlarning 2 341 nafarini bandligi ta’minlandi. 234 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 1 300 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida asbob-uskunalar tarqatildi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan shu yili nogironligi bo‘lgan va yordamga muhtoj bo‘lgan 34 nafar xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi, 75 nafari murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazish orqali sog‘lomlashtirildi. 

Shuningdek, og‘ir sharoitda yashayotgan va nogironligi bo‘lgan 67 nafar xotin-qizlarga uy-joylarning ta’mirlashga qurilish materiallari olib berilib, mahalla va homiylar tomonidan yordam qilindi, uy-joylari ta’mirini tugatishga yordam berildi.

2022-yili tuman bo‘yicha 405 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qiz farzandlari oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli o‘qishga kirish uchun hujjat topshirib, shundan 291 nafar xotin-qizlar shu imtiyozga loyiq deb topildi. 

774 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, 664 nafar 1- va 2- guruh nogironligi bo‘lgan, 438 nafar qaramog‘ida bir va undan ortiq nogiron farzandlari mavjud yolg‘iz ayollarga 1 080 000 so‘mdan bir martalik yordam qilindi.

 “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 15 nafari uy-joyga muhtoj ekanligi aniqlandi. Ulardan 11 nafariga oila a’zolari tomonidan yer ajratilib, uy-joy qurish uchun 77 million so‘m mablag‘ ajratildi va qolgan xarajatlar hashar yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2 nafar xotin-qizlarga ijara kompensatsiyasi uchun 6 million so‘m mablag‘ to‘lab berildi.

Bundan tashqari, 30 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning ham ijtimoiy holati o‘rganib chiqilmoqda. O‘tkazilgan xatlov natijalariga asosan tumanimizdan 4 478 nafar yoshlar chet davlatlarga turli maqsadlarda chiqib ketishganligi, shuningdek tumanda 14-30 yoshdagi yoshlar orasida 696 nafar yoshlarning nogironligi borligi aniqlandi.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 2022-yil 26-oktyabr kuni probatsiya hisobida turgan 5 nafar yoshlarimiz Samarqand shahridagi harbiy shaharchada joylashgan harbiy qismda bir haftalik o‘quv mashg‘ulotlarda qatnashib, harbiylar hayotining sir-asrorlari bilan tanishdilar. O‘zlari barcha jarayonlarda bevosita ishtirok etib, yig‘in yakunida diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

“Yoshlar daftari”ga 3 191 nafar yoshlar kiritildi. Ularning barchasiga to‘lov kontrakt pullarini xarajatlarini, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, safarbarlik chaqiruv rezervi xarajatlari, zamonaviy kasblarni egallash bilan bog‘liq xarajatlari, haydovchilik guvohnomasi xarajatlari, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari, bir martalik moddiy yordam xarajatlari, imtiyozli kreditlar, yer maydonlari va subsidiyalar ajratish hamda ijtimoiy-moddiy qo‘llab quvvatlash natijasida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, hokim yordamchilari bilan hamkorlikda “Yoshlar daftari”ga kirmagan, uyushmagan 204 nafar yoshlarga o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun 1,208 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Xususan, “Qorako‘lcha” MFYda yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro Xudoyqulov Odilbekka hokim yordamchisi bilan hamkorlikda uch g‘ildirakli mototransport sotib olishligi uchun foiz stavkasi 14%ni tashkil etgan imtiyozli kredit ajratildi va u hozirgi kunda yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullangan holda o‘rtacha oyiga 4-4,5 million so‘m daromad orttirib, o‘zining bandligini ta’minlab kelmoqda. 

Tumanda ehtiyojmand oilalar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari joriy yilda ham doimiy va tizimli ravishda olib boriladi.

Dilshod Ismailov, 

tuman hokimi o‘rinbosari.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM