"TASHABBUSLI BUDJET" LOYIHASI ASOSIDA KATTAQO‘RG‘ON TUMANIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Mamlakatimiz Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi "Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida joriy etilgan «Tashabbusli budjet» loyihasi joylarda ijtimoiy muammolarni yechish, aholining jamoaviy qarorlar qabul qilishi, jamoatchilik nazoratining kuchayishi, mahalliy deputatlarning faollashuvi hamda davlat tomonidan berilayotgan mablag‘dan samarali foydalanish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. 

Xususan, tumanimizda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga 2022-yil 1-yanvar holatiga 693,6 mln so‘m mablag‘ mavjud bo‘lib, 2021-yil bajarilgan ishlardan iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan 429,9 mln so‘m, 2022-yil mahalliy budjetning 5% hisobidan 10 556,3 mln so‘m, 2022-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 2 712,0 mln so‘m, 2022-yilda mahalliy budjet daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan birinchi chorakda 956,7 mln so‘m, ikkinchi chorakda 630,2 mln so‘m va uchinchi chorakda 595,0 mln so‘m jami 2 181,9 mln so‘m mablag‘ o‘tkazilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-197-sonli “Tuman va shahar budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2000 tadan ortiq ovoz to‘plagan va g‘olib bo‘lmagan yana to‘rtta loyihalar g‘olib deb topildi va qo‘shimcha 2 810,0 mln. so‘m va 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-409-sonli qaroriga asosan 1 700,0 mln.so‘m jami 4 510,0 mln. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
Tumanimiz fuqarolari tomonidan “Tashabbusli budjet”ning birinchi bosqichida jami 141 ta loyiha taklif kelib tushgan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan loyiha takliflar o‘rganib chiqildi va 30 ta taklif mezon talablariga mos kelmaganligi sababli rad etildi, 111 ta taklif esa keyingi ovoz berish jarayoniga o‘tkazildi.
Ovoz berish jarayonida fuqarolar o‘z loyiha taklifini munosib qo‘llab-quvvatladilar. Tumanimiz bo‘yicha ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan 111 ta loyiha takliflar uchun jami 81 425 ta ovoz berildi va ovoz berish jarayonida 13 ta loyiha g‘olib deb topildi, bundan tashqari, 2000 tadan ortiq ovoz to‘plagan va g‘olib bo‘lmagan yana to‘rtta loyihalar g‘olib deb topildi.
Tumanimiz fuqarolari tomonidan “Tashabbusli budjet”ning ikkinchi bosqichida jami 136 ta loyiha taklif kelib tushgan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan loyiha takliflar o‘rganib chiqildi va 29 ta taklif mezon talablariga mos kelmaganligi sababli rad etildi, 107 ta taklif esa keyingi ovoz berish jarayoniga o‘tkazildi.
Ovoz berish jarayonida fuqarolar o‘z loyiha taklifini munosib qo‘llab-quvvatladilar. Tumanimiz bo‘yicha jami 52 325 ta ovoz berildi va ovoz berish jarayonida 33 852 ta ovoz to‘plagan 6 ta loyiha g‘olib deb topildi, bundan tashqari, 2000 tadan ortiq ovoz to‘plagan va g‘olib bo‘lmagan yana ikkita loyihalar g‘olib deb topildi.
 Shunday qilib, 2022-yil birinchi va ikkinchi bosqichida tumanimizda jami loyihalarni amalga oshirish qiymati 20 299,7 mln. so‘m bo‘lgan 25 ta loyiha g‘olib bo‘ldi. G‘olib bo‘lgan loyihalar doirasida aholi dam olish maskanlarini ta’mirlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirlar - 1 ta;
- Ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar - 1 ta;
- Ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar - 8 ta;
- Qonun hujjatlari bilan belgilangan mezonlarga muvofiq boshqa tadbirlar (simyog‘ochlar va transformator o‘rnatish) - 3 ta;
- Maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari - 3 ta;
- Umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari - 9 ta.
Eng muhimi, uzoq yillardan buyon hal bo‘lmayotgan ijtimoiy muammolarga jamoatchilik ko‘zi bilan e’tibor qaratilib, budjet mablag‘larining taqsimlanishida fuqarolarning ishtiroki ta’minlanmoqda.

Muzrob ОBBOZOV, 
tuman moliya bo‘limi mudiri.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM