Jamoatchilik fikri “Open budjet”  asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoringini olib borish bo‘yicha MA’LUMOT

Jamoatchilik fikri “Open budjet”  asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoringini olib borish bo‘yicha
MA’LUMOT

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi
PQ-5072-son “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirishning yangi tartibi joriy etilganligi, shuningdek Davlat budjeti ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni fuqarolarga sifatli tarzda yoritib borilishini ta’minlash maqsadida, mavjud “openbudget.uz” elektron platformasi yanada takomillashtirilgan va mukammalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5072-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman hokimligi rahbarligida Moliya bo‘limi tomonidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” maxsus hisob raqami ochilgan bo‘lib, mazkur jamg‘armaga bugungi kunga qadar, o‘rnatilgan tartibda, mahalliy budjet mablag‘lari va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan jami 6 772,3 mln. so‘m miqdorida moliyaviy imkoniyatlar yaratilganligi va bu to‘g‘risida Moliya organi tomonidan elektron platforma va tuman gazetasi orqali keng jamoatchilikka tegishli ma’lumotlar taqdim etilganligi ta’kidlab o‘tildi.

2021 yil “Tashabbusli budjet”tadbirlarida tabiiy gaz bilan bog‘liq ID-1060300068 raqamli “Tumandagi Yangiqo‘rg‘oncha mfy xududiga tabiiy gaz kuvirlarini yangilash, tortish va grp o‘rnatish” bilan bog‘liq tashabbus  g‘olib bo‘lib ushbu g‘olib tashabbus Hududgazta’minot AJning 2022 yil 1 avgustdagi xatiga asosan “Tabiiy gaz bilan ta’minlashning texnik imkoniyatlari mavjud emas. Hudud aholisi suyultirilgan gaz bilan imtiyozli narhlarda ta’minlanmoqda.” Deb rad javobini berganligini inobatga olib ushbu tashabbus uchun ajratilgan 350,0 mln so‘m mablag‘ni asosiy jamg‘armaga qaytarildi.

Bundan tashqari, joriy yil 15 iyuldan 3 avgustga qadar “openbudget.uz” elektron platformasi orqali tuman fuqarolari tomonidan jami 136 ta takliflar kelib tushgan bo‘lib, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlarini chuqur tahlil qilgan holda, belgilangan mezonlarga mos va maqbul  taklif loyihalarini aniqlash hamda 2022 yilning 24 avgustdan 12 sentyabriga qadar jamoatchilik tomonidan tegishli taklif loyihalariga ovoz berish jarayonini o‘tkazish uchun “Openbudget.uz” elektron platformasiga joylashtirish ishlarini amalga oshirildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani fuqarolari tomonidan bildirilgan 136 ta taklif loyihalarining belgilangan mezonlarga mosligi hamda ularni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlari tahlili asosida tanlab olingan va keyingi bosqichda jamoatchilik tomonidan ovoz berish jarayoniga taqdim etiladigan 107 ta taklif loyihalari tasdiqlandi 1-ilova, belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli yoki bir-birini takrorlovchi umumiy ma’no kasb etuvchi 29 ta loyihalar rad etildi 2-ilova.

2015-2023 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM