Tuman mahalliy budjetining 2022-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida

Tuman mahalliy budjetining 2022-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan tuman mahalliy budjetining 2022-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘ yo‘naltirish maqsadida, shuningdek,  tuman Moliya bo‘limining 2022-yil 9-fevraldagi 02-02-38/8-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari tuman Kengashining VI chaqiriq 51-sessiyasi

QAROR  QILADI:

1. Tuman mahalliy budjetining 2022-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish hamda amalga oshiriladigan tadbirlar va ajratiladigan mablag‘lar miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tuman Moliya bo‘limi (M.Obbozov)ga mahalliy budjetga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, tuman G‘aznachilik bo‘linmasi (J.Umarov)ga belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirish va tashkilotlar uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish vazifasi yuklatilsin.

3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (K.Ahmedov) va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b. E.Raximov zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash  raisi     J.Nasriddinov

2015-2023 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM