Xalq deputatlari tuman Kengashining QARORI

Kattaqo‘rg‘on tumanining 2022-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida
 

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 99-moddasi, “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, tuman Adliya bo‘limining 2022-yil 5-yanvardagi xulosasiga muvofiq hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi VI chaqiriq XLVIII sessiyasi
QAROR QILADI:
1. Tuman Moliya bo‘limi mudiri v.v.b. M.Obbbozovning “2021 yil-yakuni bilan Kattaqo‘rg‘on tuman mahalliy budjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2022-yilga mo‘ljallangan loyihasi to‘g‘risida”gi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Kattaqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2022-yil uchun daromadlari 144 723 800,0 ming so‘m, xarajatlari 223 793 089,0 ming so‘m prognoz qilinganligi hamda respublika budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar 79 069 289,0 ming so‘m miqdorida tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3.Quyidagilar:
-2022-yil uchun Kattaqo‘rg‘on tumani mahalliy budjeti daromadlari prognozi va mahalliy budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 1-ilovaga; 
-2022-yil uchun tuman budjetidan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga;
4. 2022-yil uchun tuman budjeti zaxira jamg‘armasi hajmlari 2 111 256,0 ming so‘m miqdorida belgilansin.
5. 2022-yil uchun tuman budjeti shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 1 506 000,0 ming so‘m etib belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasining mazkur qonuni bilan 2022-yilda xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetlarni boshqarishda, xususan, mahalliy budjet xarajatlarini hududiy budjet mablag‘lari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash bo‘yicha vakolatlari kengaytirilganligi inobatga olinsin.
7. Qonunga muvofiq 2022-yilda quyidagi soliq turlari:
a) shahar va tumanlar budjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
-jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
-jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
-jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishidan olinadigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
-suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
-qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, bundan sement xomashyosi va sement ishlab chiqarishda foydalaniladigan ohaktosh mustasno;
-yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
-yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
-yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz  realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
-tovar aylanmasidan soliq;
-qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar.
b) viloyatning viloyat mahalliy budjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi: 
-qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
-qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
-mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;
-elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
viloyat, tuman va shaxarlar hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan olingan daromadlar;
-tadbirkorlik va shaxarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh yer uchastkalarini “E-ijro auksion” savdo maydonchasi orkali sotishdan tushgan tushumlar;
-davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan tushumlar.
v) viloyat budjeti hamda shahar va tumanlar budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi:
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘idan tashqari) 65 foiz miqdorda tuman budjetiga;
-foyda solig‘idan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘xatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning to‘lov manbayida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) 50 foiz miqdorda tuman budjetiga.
-qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona yig‘imlaridan tashqari) 50 foiz miqdorda tuman budjetiga;
-avtotransport vositalarini xarid qilganlik uchun ularni ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlar 50 foiz miqdorda tuman budjetiga;
-mobil aloqa xizmati va alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo uchun aksiz solig‘idan tushumlar tegishli ravishda 2021-yil 1-iyul holatiga ko‘ra tuman aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq o‘tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
-benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
-ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yig‘imlar; qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig‘imlardan, g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan utilizatsiya yig‘imidan, shuningdek, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lovdan tashqari); 
Shu bilan birga, qonunga muvofiq viloyat mahalliy budjetiga ajratma qilingan 100 foiz miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘idan tashqari) hamda foyda solig‘idan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) shahar va tumanlar o‘rtasida taqsimlansin.
8. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b. E.Raximov, tuman Moliya bo‘limi (M.Obbozov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (A.Qulmirzayev) tuman hokimligi va mas’ul budjet tashkilotlar bilan birgalikda:
-tegishli budjetlarni, birinchi navbatda, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirish;
-mahalliy budjet prognoz ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida va samarali bajarish;
-budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish;
-budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va mas’uliyatni yana-da kuchaytirish;
-tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushumini ta’minlash;
-budjet daromadlar bazasini oshirish va qo‘shimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida e’tibor qaratsin.
9. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b.  E.Raximov, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati (M.Teshayev):
-budjet daromadlari va xarajatlarining prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishining ta’minlanishi;
-soliq bazasini kengaytirish, iqtisodiy salohiyatni oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilash, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan qat’iy nazoratning o‘rnatilishi;
-tegishli ravishda tuman mahalliy budjeti mablag‘lari taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarini xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritib borilishini ta’minlasin.
10. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (K.Ahmedov) va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b.  E.Raximov zimmasiga yuklatilsin.

Sessiya raisi                                         M.Teshayev

1-илова
Kattaqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2022-yilgi asosiy daromad ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
MA’LUMOT

Daromad turi Kattaqo‘rg‘on tumani                                                               
  JAMI DAROMADLAR (ming sum)
144 723 800 
I Rag‘batlantiruvchi  daromad 31 405 900 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 44 896 000 
ajratma me’yori 65 
Tuman mahalliy budjetiga 29 182 400 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 4 447 000 
ajratma me’yori 50 
Tuman mahalliy budjetiga 2 223 500 
II Tuman budjetiga to‘liq o‘tkaziladi 24 001 000 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 6 801 000 
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 12 101 000 
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1 749 000 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 2 950 000 
Qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 400 000 
III Viloyat va tuman budjetlari o‘rtasida taqsimlanadigan daromadlar 44 330 900 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 4 440 400 
ajratma me’yori 100 
Tuman  mahalliy budjetiga 4 440 400 
Yuridik shaxslar yer solig‘i 7 453 000 
ajratma me’yori 100 
Tuman  mahalliy budjetiga 7 453 000 
  elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq  
  ajratma me’yori  
  mahalliy budjetga
10  Yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i 14 197 000 
ajratma me’yori 100 
Tuman  mahalliy budjetiga 14 197 000 
11  Korxonalar aylanmasidan soliq 9 940 000 
ajratma me’yori 100 
Tuman mahalliy budjetiga 9 940 000 
12  Yig‘imlar 16 577 000 
ajratma me’yori 50 
Tuman  mahalliy budjetiga 8 288 500 
13  Davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan tushum 341 000 
ajratma me’yori  
Tuman  mahalliy budjetiga
14  Davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari 12 000 
ajratma me’yori 100 
Tuman  mahalliy budjetiga 12 000 
IV Viloyat budjetiga to‘liq o‘tkaziladi
15  Davlat boji
16  Davlat tashkilotlari foyda solig‘i
17  Xususiylashtirishdan olingan daromad
18  Jarimalar
V Taqsimlanuvchi daromadlar (formula bo‘yicha) 44 986 000 
  Aholi soni (ming kishi) 279 
19  Alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo 17 026 000 
20  Mobil aloqa xizmati 9 700 000 
21  Sigaret uchun aksiz solig‘i 18 260 000 
  Ma’lumot uchun: 2021-yil parametr 98 218 664 
VI JAMI XARAJATLAR 223 793 089 
VII TRANSFERTLAR 79 069 289 

2-илова
Kattaqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2022-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar nomi Kattaqo‘rg‘on tumani
(ming sum)
  Xarajatlar - jami 223 793 089
1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar - jami 178 188 585
  shu jumladan,  
1.1 Maorif 28 748 818
   - maktabgacha ta’lim 15 250 962
   - umumiy ta’lim 13 497 856
   - kadrlar tayyorlash 0
1.2 sog‘liqni saqlash jami 73 806 504
  sog‘liqni saqlash 73 704 504
  tibbiy-ijtimoiy xizmatlar uchun xarajatlar 102 000
1.3 Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 2 968 441
   - madaniyat va ommaviy axborot vositalari 1 455 679
   - sport; 1 512 762
1.4 Fan 0
1.5 Bolali oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va kompensatsiyalar 72 664 822
1.6 1941-1945-yillardagi urush faxriylari va unga tenglashtirilgan shaxslar uchun asosiy turdagi oziq-ovqat maxsulotlari va gigiyena tovarlarini bepul berish xarajatlari 0
1.7 Chernobil falokatini bartaraf etishda qatnashganlarni ijtimoiy himoyalash 0
1.8 Tuman yo‘lovchi tashish  transportida ba’zi kategoriyadagi kishilarning bepul yurishlarini budjetdan qoplash 0
1.7 Fuqarolarga yetkazilgan zararni koplash 0
1.8 Ijtimoiy ko‘nikma markazlari 0
2. Iqtisodiyotga xarajatlar 17 188 031
  shu jumladan:  
2.1 fermerlar xo‘jaliklari buxgalteriya markazlari 577 691
2.2 O‘simliklar karantini inspeksiyalari xarajatlari 0
2.3 obodonlashtirish 11 408 698
2.4 Maxsus ekspluatatsiya-montaj xarajatlari 0
2.5 Issiqlik ta’minoti tizimi tashkilotlari xarajatlari 0
2.6 Issiqlik ta’minot korxonalariga subsidiyalar 0
2.7 Ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini ta’mirlash va yangilash 0
2.8 Avtobus yo‘nalishlarining yillik subsidiyalash xarajatlari 0
2.9 suv xo‘jaligi vazirligi tashkilotlari 1 555 548
2.10 O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari 0
2.11 Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy boshqarmalari 0
2.12 Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy bo‘limlarini saqlash xarajatlari 0
2.13 Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining xududiy bo‘limlarini saqlash xarajatlari 0
2.14 Ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish 0
2.15 veterinariya qo‘mitasi 1 599 694
2.16 Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 0
2.17 mahalliy budjetlarda hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 2 046 400
3. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar 0
4. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 9 351 157
  shu jumladan:  
4.1 davlat boshqaruv idoralari 9 351 157
5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash 6 397 782
6. Zahira jamg‘armasi 2 111 256
7. Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi 10 556 278
8. Бошқа харажатлар 0
   
 
 

 shu jumladan:

 
8.1 Mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan boshqa muassasalar va tadbirlar 0
8.2 Advokatlar xizmati 0
8.3 Qabullar uyini saqlash xarajatlari 0
8.4 Chet el kreditlarini qoplash 0
   
 
 
 
I ZAXIRA 2 111 256
II OPEN BUDJET 10 556 278
     
I ZAXIRA 1,0%
II OPEN BUDJET 5,0%
  •  
2015-2024 © Хокимият Каттакурганского районо. Разработан в: SAKTRM