Samarqandda quvvati 220 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
21.01.2023 - 17:42O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi PQ-87-son qaroriga muvofiq, Samarqand viloyati Kattaqo’rg'on tumani Bo'ston massivi hududida Birlashgan Arab Amirliklarining "Masdar" kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan “Masdar" kompaniyasi tomonidan loyiha hususidagi ma'lumotlarni oshkor qilish maqsadida ma’lumot uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilmoqda:
- Atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirini baholash
- Manfaatdor tomonlarni jalb qilish rejasi
- Texnik bo'lmagan xulosa
- Hayotiy vositalarni tiklash rejasi
Batafsil: Bu yerda (https://masdar.ae/en/Masdar-Clean-Energy/Projects/Samarkand-Solar-Project)