insurez

Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik!

Hurmatli kattaqo‘rg‘onliklar!

Sizni aziz va ulug‘ Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bu muborak ayyom insoniylik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va mehru oqibat tuyg‘ularini yanada yuksaltiruvchi, qalblarni yaqinlashtiruvchi, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, xalqimiz o‘rtasida totuvlik va ahillikni mustahkamlovchi ulug‘ bayramdir.

Yurtimizdagi har bir xonadonda fayz-berka, muhabbat va farovonlik hukm surayotgani – amalga oshirilayotgan islohotlarimiz samarasidir. Biz bu ezgu yo‘lda birgalikda harakat qilsak, albatta, yanada yuksak natijalarga erishamiz.

Ushbu muborak ayyomda barchangizga tinchlik-xotirjamlik, mustahkam salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, farzandlaringizga ezgu taqdir va ziynat tilayman.

Qurbon hayiti har biringizga xayr va baraka olib kelsin!

Jamshid Nasriddinov,
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi

Hujjatlar


Teglar