insurez

“Open byudjet” dasturi

“Open byudjet” dasturining 2024 yil 2-mavsumi yakunlandi

 

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumida Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘yicha jami 107 ta loyiha fuqarolar tomonidan ilgari surildi va ularning 93 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra 10 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ular quyidagilardan iborat:

 

1. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari.

2. Valijon MFY Tog‘ayko‘sa qishlog‘i G‘alaba ko‘chasiga 1,392 metr asfalt yotqizish.

3. Jizmonsoy MFY Sayilg‘ox kuchasi ichki asosiy yo‘liga 1,392 km asfalt qoplamasini yotqizish.

4. Qo‘shquton MFY Uzumzor guzari ichki yo‘llarini asfalt qoplamasi bilan qoplash.

5. Olmazor MFY Abdulqsoim qishlog‘i Qadrdonlar va Mehnatobod ko‘chasini 2 km ichki yo‘llarini asfaltlashtirish.

6. Olmazor MFY Sariosiyo qishlog‘idagi Sokin kuchalariga 2000 metr asfalt yotqizish.

7. Kattako‘rpa MFY elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida tashabbusli byudjet orqali mahalladagi eskirgan simyog‘ochlarni o‘rniga yangi 400 ta beton temir beton tayanchlar o‘rnatish.

8. Kattako‘rpa MFY Kichikkurpa qishlog‘ining Ziyolilar ko‘chasi yo‘llarini 2000 metr qismini to‘liq asfalt yotqizish.

9. Andoqsoy MFY ichki yo‘llari Qizlovut Qo‘rg‘on guzarlarini asfalt qoplamasi bilan to‘liq ta’mirlash.

10. Andoqsoy MFY ichki yo‘llari Yangiqo‘rg‘on va Buyravosh ichki yo‘llarini 1392 metr qismini asfalt qilish.

Jamg‘armada shakllangan 12 729,5 mln so‘m mablag‘lar doirasida ushbu g‘olib bo‘lgan 10 ta loyihaning umumiy qiymati 11 817,4 mln so‘mni tashkil qildi.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar