insurez

mahalliy budjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Tumanda 2024 yil 1-yanvar xolatiga qolgan erkin qoldiq 4 266,6 mln so‘m mablag‘ shakllantirildi, bu mablag‘lar Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman  Kengashi qarorlariga asosan yunaltirildi. Jumladan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi uchun 983,5 mln.so‘m, 2023 yil viloyat mahalliy budjetidan ssuda mablag‘laridan mavjud qarzdorliklarni qoplash uchun 987,5 mln. so‘m, tumandagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktablari binolarini joriy ta’mirlash uchun 540,0 mln. so‘m, tumandagi MFY binolarini ta’mirlash uchun 98,7 mln. so‘m tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi ishchi xodimlarini rag‘batlantirish xarajatlari uchun 200,0 mln. so‘m va tuman hokimligining xo‘jalik xarajatlari va rag‘batlantirish masalalari uchun 1 367,5 mln. so‘m mablag‘lar ajratib berildi.

Tumanda 2024 yil II-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi 3 302,8 mln.so‘m bo‘lib ushbu mablag‘lar hisobidan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman  Kengashi qarorlariga asosan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi uchun 995,0 mln.so‘m, tuman markaziga tusiqsiz yulak o‘rnatish uchun 25,0 mln.so‘m, Kattaqo‘rg‘on tuman-Xatirchi tuman chegarasiga stella o‘rnatishga qurilish materiallari olish uchun 100,0 mln.so‘m, Melixuja maxallasiga asfalt qoplamasi yotqizish uchun 90 mln.so‘m, Tumandagi umumta’lim maktablarida kasbga o‘qitish markazlariga zaruriy xomashyolar olish uchun 130,0 mln.so‘m, Tuman maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun 500,0 mln.so‘m, 31-umumta’lim maktab sport zali qurilishidan bitmay qolgan qismini ta’mirlash maqsadida qurilish materiallari olish uchun 300,0 mln.so‘m, Tibbiyot birlashmasidagi davolash uylarini ta’mirlash va zaruriy jixozlar bilan ta’minlash uchun 100,0 mln. so‘m, Tuman Madaniyat markazini ta’mirlashga qurilish materiallari olish uchun 110,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, bundan tashqari Xalq Deputatlari Viloyat Kengashining tegishli qarorlariga asosan Kattaqo‘rg‘on tumani "Melixuja" MFYdagi 19-sonli MTT mukammal ta’miri uchun 560,0 mln. so‘m, "Mobil metodik guruxlar" faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida trener-o‘qituvchilariga ustama to‘lovlarini amalga oshirish uchun 63,0 mln. so‘m va Madaniyat bo‘limiga qarashli "Sarbozi" falklor etnografik jamoasining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash uchun 250,0 mln. so‘m mablag‘lar ajratib berildi. 

Tumanda 2024 yil III-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi 1 117,2 mln.so‘m bo‘lib ushbu mablag‘lar hisobidan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman  Kengashi qarorlariga asosan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi uchun 306,0 mln.so‘m, Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarini 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishi maqsadida, eskirgan isitish qozonlari o‘rniga yangi zamonaviy tejamkor isitish qozonlari sotib olish uchun 660,0 mln.so‘m, Tuman madaniyat bo‘limi konsert zalini isitish tizimini ta’mirlash uchun qurilish mollari va deraza-romlarni almashtirish uchun 45,0 mln.so‘m ajratib berildi.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar