Mahalliy budjetining 2024 yil ijrosito‘g‘risidagi
Mahalliy budjetining 2024 yil ijrosito‘g‘risidagi
Tuman mahalliy budjetining 2024 yil daromadlar rejasi
136 mlrd 759 mln. 676 ming so‘m, shundan 2024 yilda daromadlar rejasi haqiqatda 153 mlrd 295 mln. 419 ming so‘mga daromadlar rejasi bajarildi ya’ni tasdiqlangan rejaga nisbatan 16 mlrd 535 mln. 743 ming so‘mga daromadlar rejasi ortig‘i bilan bajarildi. Rejaga nisbatan 112,0 foizni tashkil etdi. Soliq turlari tahlil qilinganda 5 ta soliq turi bo‘yicha belgilangan rejaga nisbatan kam tushum bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.
MAHALLIY BUDJETINING XARAJATLARI
Tuman mahalliy budjetining 2024 yil davomida xarajatlar qismi bo‘yicha kassa xarajati 270 mlrd. 701,5 mln.so‘mni tashkil etdi.
Jumladan
Iqtisodiyot bo‘yicha xarajatlarga – 14 846,4 mln so‘m
Maktabgacha va maktab ta’limi xarajatlariga – 51 659,2 mln so‘m
Madaniyat va ommaviy axborot vositalariga – 3 086,5 mln so‘m
Sog‘liqni saqlash sohasiga – 96 300,2 mln so‘m
Jismoniy tarbiyaga – 3 296,2 mln.so‘m
PQ-402 ga asosan mahalla budjeti – 4 204,8 mln so‘m
Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi xarajatlariga – 28 981,8 mln so‘m
Hokimiyat va Boshqaruv organlariga – 35 973,6 mln.so‘m
Qishloq xo‘jaligi korxonalari xarajatlari – 9 776,2 mln.so‘m
Boshqa sarf xarajatlarga – 22 576,6 mln so‘m mablag‘ xarajat qilingan.
41-band) Kattaqo‘rg‘on tumani budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan 2024-yilda jami 1633 ta 57 621,8 mln so‘mlik tovar (ish,xizmat) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzilgan hamda ushbu shartnomalar bo‘yicha 2145 ta 57 303,7 mln so‘mlik qabul qilingan tovar (ish,xizmat) lar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
42-band) Kattaqo‘rg‘on tumanida obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar hisobidan 2024-yilda jami 101 ta 26 043,5 mln so‘mlik tovar (ish,xizmat) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzilgan hamda ushbu shartnomalar bo‘yicha 170 ta 22 839,3 mln so‘mlik qabul qilingan tovar (ish,xizmat) lar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Hujjatlar yo'q