insurez

Kattaqo‘rg‘on tumanida 2025-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti

Kattaqo‘rg‘on tumanida 2025-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti
2025-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi "Byudjet jarayoiida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PK-5072-sopli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 30 yanvardagi KQ-666-IV-sonli “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tugrisida“gi Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadidatuman mahalliy byudjetidan 2025 yil uchun 40 275,8 mln.so‘m ajratilgan bo‘lib, shundan 2025 yil 1-mavsumi uchun “Fuqorolar tashabbusi jamg‘armasi” ga 20 137,9 mln.so‘m, tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 3 144,0 mln.so‘m va iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan 542,8 mln.so‘m jami 23 824,8 mln.so‘m ajratilib 1-mavsumda 16 ta g‘olib bo‘lgan loyihalarga to‘liq hisob raqamlar ochilib mablag‘lar to‘liq moliyalashtirilgan. Shundan:

Ichki yo’llar bilan bog’liq 13 ta taklif loyiha smeta hujjatlariga asosan qurilish   ta’mirlash ishlari tugatilgan.

- 3 ta ijtimoiy soha obektlarini qurish va ta’mirlash bilan bog‘liq loyihalarning loyiha smeta xujjatlari ishlab chiqilib hozirgi kunda ishlar pudratchi tashkilotlar tomonidan olib borilmoqda 65 % ishlar bajarilgan.  

2025-yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

So‘nggi yillarda mahalliy byudjetlar mustaqilligi, shaffofligi va ochiqligini hamda mahalliy byudjet xarajatlarini taqsimlashda jamoatchilik va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yil
2-mavsumi (iyul-avgust oylarida) bo‘lib o‘tdi, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” ga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 20 137,9 mln.so‘m, tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 780,0 mln.so‘m jami 20 917,9 mln.so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Shakllantirilgan mablag‘lar doirasida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi 2025-yil 15-iyuldan 31-avgust kuniga qadar to’rt bosqichda o‘tkazildi.

1-bosqich:  2025-yilning 15-iyuldan 3-avgust kuni oralig‘ida taklif qoldirish jarayoni orqali bo‘lib o‘tdi. Bunda fuqarolar tomonidan o‘z hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “openbudget.uz” axborot portali orqali jami    158  216,7 mln so‘mlik 119 ta takliflar bildirildi.

2-bosqich: 2025-yilning 4-avgustdan 18-avgustgacha takliflarni saralash jarayoni, barcha takliflar moderatsiyadan o‘tkazilib, ishchi komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi va 91 ta takliflar qabul qilinib keyingi bosqichga o‘tkazildi. 28 ta takliflar belgilangan me’zonlarga (bir-birini takrorlovchi, shaxsiy xususiyatga ega va hokazolar) mos emasligi sababli rad etilib tashabbuskorlarga rad etilganligi to‘g‘risida sms orqali xabarnomalar yuborildi.

3-bosqich: 2025-yilning 19-avgustdan 21-avgustgacha “Targ’ibot bosqichi” o’tkazildi.

4-bosqich: 2025-yilning 22-avgustdan 31-avgust kuniga qadar ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi, bunda qabul qilingan takliflar doirasida ovoz berildi. Natijada 2025 yil 1 sentyabr holatiga 15 ta eng kup ovoz tuplagan jami 22 498.1 mln so‘mlik loyihalar g‘olib deb topildi.

 Jumladan:

1. Andoqsoy MFY (11 369 ta ovoz),

2. Andoqsoy MFY (11 156 ta ovoz),

3. Sebiston MFY (11 105 ta ovoz),

4. Jumaboy MFY (11 025 ta ovoz),

5. Burgansoy MFY (10 918 ta ovoz),

6. Chuyanchi MFY (10 860 ta ovoz),

7. Sebiston MFY (10 804 ta ovoz),

8. Sarayqo‘rg‘on MFY (10 760 ta ovoz),

9. Kumushkent MFY (10 757 ta ovoz),

10. Mundiyon MFY (10 740 ta ovoz),

11. Kattako‘rpa MFY (10 730 ta ovoz),

12. Tavaron MFY (10 680 ta ovoz),

13. Qumok MFY (10 660 ta ovoz),

14. Sebiston MFY (10 647 ta ovoz),

15. Sebiston MFY (10 498 ta ovoz)

G‘olib bo‘lgan loyihalarga Invest ID va hisob raqamlar ochilib buyurtmachi tashkilotlarga xat orqali yuborilgan. Bugungi kunda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha smeta xujjatlari ishlab chiqilishi jaroyonida.

Hujjatlar


Teglar