insurez

Kattaqo‘rg‘on tuman mahalliy budjetidan mablag‘ oluvchi budjet tashkilotlarini 2025-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi to‘g‘risida MA’LUMOT

Kattaqo‘rg‘on tuman mahalliy budjetidan mablag‘ oluvchi budjet tashkilotlarini 2025-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi to‘g‘risida MA’LUMOT

Halq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2024-yil 26 dekabrdagi
VII-5-025-7-0-K/24-son qaroriga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2025-yilgi daromadlari 168 188,0 mln.so‘m va xarajatlari esa 168 188,0 mln.so‘mga belgilanganligi, shuningdek Kattaqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining shaxsiy g‘azna hisob varag‘ida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori
 1 224,0 mln.so‘m etib belgilanganligi hamda tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar va boshqa soliqsiz tushumlardan ajratmalar meyorlari tasdiqlanganligi inobatga olingan.

Tuman mahalliy budjetidan 2025-yilda hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari ilovaga muvofiq tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan.

 Tuman mahalliy budjeti zaxira jamg‘armasi hajmi 2025-yil uchun
1 996,2 mln.so‘m miqdorida belgilangan. Bunda, zaxira jamg‘armasi mablag‘larini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi ta’minlanishi belgilab quyilgan.

2025-yil uchun tuzilgan xarajatlar smetasi sohalar bo‘yicha jadval ilova qilindi.

Hujjatlar


Teglar