Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinovning Vatan himoyachilariga bayram TABRIGI
Aziz Vatan himoyachilari!
Sizlarni 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu ulug‘ ayyom yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishdek sharafli burchni sidqidildan ado etib kelayotgan mard va jasur yurt posbonlariga bo‘lgan yuksak ehtirom ifodasidir.
Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchi, shuningdek, Vatan ravnaqi va xavfsizligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan barcha yurtdoshlarimiz bilan faxrlanamiz. Ularning jasorati, sadoqati va matonati xalqimiz uchun ishonch va iftixor manbaidir.
Qadrli Vatan himoyachilari, hurmatli tumanimiz aholisi!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Jonajon yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni asrash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi xayrli va mashaqqatli ishlaringizda omad va zafarlar doimo yor bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!
Hurmat bilan,
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi
Jamshid Nasriddinov
Hujjatlar
-
Yuklash Ko'rish

