Investisiya (xorijiy investisiya)
2025 yilda PQ-407-sonli qarorga asosan 65,0 mln. dollarga xorijiy investisiyalar o‘zlashtirish belgilangan. 2024 yilga nisbatan 166 % ga bajariladi.
Misol uchun: Tumandagi Meliho‘ja MFY da joylashgan
“Kattaqo'rgo'n Elektrotexnika Zavodi” MCHJ tomonidan “Quvvati 100 MVA, kuchlanishi 500 kV gacha bo‘lgan zamonaviy va energiya tejamkor transformatorlar ishlab chiqarish” loyihasi doirasida
5,0 mln.dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtiriladi.
Yanvar-iyun oylarida reja 35,5 mln.dollar bo‘lib, Amalda
29,5 mln.dollar investisiyalar o‘zlashtirildi 83 % ga, o‘sish so‘rati 130 %ga bajarildi.
Misol uchun: Tumandagi Kumushkent MFY da “CES” MCHJ XKning “Syement ishlab chiqarishda vujudga keladigan issiqlikdan o‘z ehtiyoji uchun elektr energiyasini ishlab chiqarish” loyihasi doirasida 28,4 mln.dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi.
Bundan tashqari qo‘shimcha loyiha "Boyraz Tekstil" MCHJ XKning “Tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi doirasida 430 ming dollarlik investisiyalar o‘zlashtirildi.
Hujjatlar
-
Yuklash Ko'rish