Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!
Sizlarni 8 yanvar — Prokuratura xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman. Qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish barobarida, bugungi kunda tadbirkorlar huquqining ham ishonchli himoyachisi sifatida faoliyat yuritib kelayotganingiz jamiyatimizda adolat va ishonchni yanada mustahkamlamoqda.
Bugun prokuratura organlari nafaqat nazoratchi, balki qonunbuzarliklarning oldini oluvchi, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi, shu bilan birga tadbirkorlik muhitini qo‘llab-quvvatlovchi muhim tizim sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Sizlarning mas’uliyatli xizmatingiz yurtimiz tinchligi va barqaror taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va kasbiy faoliyatingizda yutuqlar tilayman.
Jamshid Nasriddinov
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi
Hujjatlar
-
Yuklash Ko'rish

