insurez

davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Davlat xaridlarini tanlash bo‘yicha xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 20- va 78-
moddalariga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 25-
moddalariga asosan,
1.Tuman hokimligida davlat xaridlarini tanlash bo‘yicha komissiya tarkibi ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2.Doimiy tanlov komissiyasi zimmasiga ish, xizmatlar va tovarlar xarid qilishda
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan
holda ish, xizmatlar va tovarlar yetkazib beruvchi tashkilot yoki korxonalarning eng yaxshi
takliflarini elektron shaklda o‘rgangan holda haqqoniy qaror chiqarish yuklatilsin.
3.Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi hisobxonasiga ish, xizmatlar va tovarlarni xarid
qilishda e’lon, auksion savdo va konkurslarning Respublika tovar-xomashyo birjasi elektron
portaliga joylashtirish, shartnomalarni savdo natijalari ichki tanlov komissiyasi qaroriga asosan
tuzish, g‘aznachilik tuman bo‘linmasiga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim qilish
hamda g‘aznachilik ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng to‘lovlarni amalga oshirish yuklatilsin.
4.Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.


Davlat xaridlarini tanlash bo‘yicha xarid komissiyasi tarkibi
№ FISh Amaldagi lavozimi Komissiyadagi vazifasi
1 N.Jo‘lmatov
Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va
kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘limi boshlig‘i
Komissiya raisi
2 B.Normurodov
Tuman hokimining qurilish,
kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik,
ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh
mutaxassisi
Komissiya kotibi
3 L.Raxmonov
Tuman hokimining qurilish,
kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik,
ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Komissiya a’zosi
4 K.Ahmedov
Tuman hokimining o‘rinbosari,
investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi
boshlig‘i
Komissiya a’zosi
5 D.Ismailov
Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy
rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha o‘rinbosari
Komissiya a’zosi
6 S.Djumayeva Tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va
xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Komissiya a’zosi
7 Sh.Mahkamov
Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy
rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar
bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi
Komissiya a’zosi
8 L.Abduqaxxorov Yoshlar agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Komissiya a’zosi
9 O.Neyazov Tuman hokimligi bosh hisobchisi Komissiya a’zosi

Hujjatlar


Teglar