insurez

davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar

 

O‘zbekiston Respublikasi 2021 yil 22 apreldagi 684-son qonuniga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlari quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi;

favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;

sud muhokamasida ishtirok etish uchun advokatni (vakilni) tayinlash bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridi;

ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining mazkur intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan yagona shaxsdan davlat xaridi;

narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi.

Davlat buyurtmachilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilganligi to‘g‘risidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart.

Kattaqo‘rg‘on tuman mahalliy byudjetidan 2024 yilda byudjet mablag‘lari  xisobidan jami 538 ta xolatda jami summasi 30180927.2 ming sumlik shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan 265 ta xolatda jami summasi 7492881.8 ming sumlik shartnomalar ruyxatdan o‘tkazilgan.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar